Surxondaryo viloyatidago oliy ta’lim muassasalarida “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasi Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi hamda Termiz shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida bugungi kunda iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarning hal qilinishi, amaldagi qonun hujjatlari, shuningdek, tovar sotib olayotganda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar va bu borada O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va ixtiyoriy ravishda federatsiya a’zoligiga qabul qilinishi haqida kelishib olindi.