Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 124-sonli Farmonida belgilangan masalalar yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Tumanda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi. Shuningdek tumanda iste`molchilar uyi ma`muriy kompleksini qurishga ham kelishib olindi. Tuman hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.