Denov tumani “Surxon Diyor” MFYsida yaxshovchi fuqaro A. Y. “Аmir-Xolding” savdo majmuasidan qiymati 2 000 000 so‘m bo‘lgan Redmi rusumli telefonni xarid qilgan. Lekin bir necha kun o‘tib telefonni nuqsoni borligi sababli do‘kon sotuvchisiga pulini qaytarib berishligini talab qilgan sotuvchi esa ushbu talabni rad etgan.
Shundan so’ng fuqaro Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.
Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari ishtirokida o‘rganish o‘tkazilganda telefonda nuqsoni borligi aniqlanib, do'kon sotuvchisiga qonunda belgilangan tartibda tushuntirildi hamda fuqoroning hoxishiga ko'ra 2 000 000 million so‘m pul mablag`i qaytarib berildi.