Denov tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tumandagi 12-21-27-maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishchi xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
"Barchamiz -isteʼmolchimiz" mavzusida o‘tkazilgan ushbu suhbat isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlari, tuman jamiyati sohasiga oid yangiliklar va jamiyat tomonidan isteʼmolchilarning huquqiy bilimini hamda isteʼmol madaniyatini oshirish, ularning huquqini, manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va doimiy ravishda haq huquqlari himoya qilinishini istagan ishtirokchilar aʼzolikka qabul qilindi.