• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-01-24

Hududiy birlashmaning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyati birlashmasi raisi R.Sadullayev boshchiligida hamda tuman(shahar) jamiyati raislari ishtirokida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama qilinib, 2024-yil holatiga kelib tushgan murojaatlar, jamiyatlar tomonidan o‘tkazilayotgan monitoringlar, targ‘ibot-tashviqot, federatsiya a'zoligiga qabul qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

2024-yil mobaynida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga jami 640 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning ijobiy yechim topishi natijasida 1.790.013.940 so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinganligi, murojaatlarning 6 tasi sud idoralari orqali hal qilinib 106.983.212  so‘m moddiy va ma’naviy zararlar undirilib berilganligi e’tirof etildi. 

Yig‘ilishda jamiyatlarning yil davomidagi faoliyatida erishgan yutuqlari, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi, 2025-yil ish rejalar ko‘rib chiqildi hamda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olingan holda qarorlar qabul qilindi.