Uzun tuman “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqaro T.I tomonidan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra, T.Gga tegishli A plastik kartasidan Uzun tuman Xalq banki oldidagi bankomat orqali 1 600 000 so‘m naqd pul yechish jarayonida muammo yuzaga kelgan.
📝Ma’lum qilinishicha, bankomat texnik nosozlik sabab kartadan mablag‘ni yechgan, biroq naqd pulni bermagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi va bankka aloqa xati yuborildi.
O‘rganish natijasida ushbu holat texnik sabablarga ko‘ra yuzaga kelgani tasdiqlandi. Jarayonda bankning Uzun tuman filiali vakillari ham ishtirok etdi.
✅ Natijada, 1 600 000 so‘m mablag‘ to‘liq ravishda plastik kartaga qaytarildi.
#IstemolchiHuquqi #Uzun #Murojaat
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
🔹 Telegram (https://t.me/Surxandaryo_ihhq) | 🔹 Web-site (https://surxondaryo.istemol.uz/)|🔹 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61563017463989)