Boysun tuman "Chilonzor" mahallasida yashovchi fuqaro N.A joriy yilning 20-fevral kuni Sherabod tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati "Ishonch" telefoniga murojaat qoldiradi.
Murojaatda Sherabod tumanidagi avtosalon filiallarining birida shartnoma asosida “Chevrolet Cobalt” yengil avtomashinasi uchun boshlang‘ich 114 420 557 so'm qiymatdagi to‘lovni amalga oshirganligi va shartnomada kelishilgan vaqtda avtomashinani olmaganidan noroziligi keltirilgan.
Holatni tuman jamiyat xodimlari atroflicha o‘rganib chiqdi hamda tomonlarga amaldagi qonun va shartnomadagi ko‘rsatmalar yuzasidan tushuntirishlarni olib bordi. Natijada fuqaroga 10 kun ichida “Chevrolet Cobalt” avtomashinasi yetkazib berildi.