• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-03

Nosoz muzlatgich sifatlisiga almashtirildi

Angor tuman  Qorabog’ MFY da yashovchi  fuqaro O. S  Angor tuman Tijorat bozori hududidagi 221-sonli Maishiy texnikalar do’konidan “Buryusa” rusumli  muzlatgichni 3.200.000 (uch million ikki yuz ming) so’mga xarid qilgan. Oradan 10 kun o’tar o’tmasdan muzlatgichda nuqsonlar yuzga kela boshlagan. Bu holatni sezgan fuqaro  muzlatgich xarid qilga do’konga kelib muzlatgichni almashtirib berishlarini so’ragan, ammo do’kon xodimlari muzlatgichingiz almashtirilmaydi deya murojaatga  bee`tibor qarashgan.

Bu vaziyatdan norozi holda murojaatchi  Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari vaziyat  bilan tanishib do’kon xodimiga qonunda belgilangan tartibda tushuntirish ishlari olib borishdi. Shundan so’ng nuqsonli mahsulot sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.