• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-04-04

Salkam 2 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Termiz shahar “G‘uncha” ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.F. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qoldiradi.

Unda keltirilishicha, fuqaro Angor tumani buyum bozorida joylashgan do‘kondan narxi 1 791 000 so‘m bo‘lgan ko‘rpa-yostiq kabi tovarlarni xarid qiladi. Ammo oilaviy muammosi sabab, sotuvchidan ushbu mahsulotlarni qaytarib olishini talab qiladi. Do‘kon egasi esa turli xil bahonalarni ro‘kach qilib, iste'molchi talabini rad etadi.

Ushbu holat Angor tuman jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng, to‘langan pullar iste’molchi foydasiga hal qilindi.