Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro S.Z O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 1091-qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldiradi.
Murojaatda yozilishicha isteʼmolchi, yashash xonadonidagi chiqindi 2021-2023 yillar davomida tuman “BIO TEX EKO” MCHJ xodimlari tomonidan olib ketilmayotganligi, hamda MCHJ masʼul xodimlari tomonidan isteʼmolchi nomiga uch marta abonent raqami ochilgani va 190 000 so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi ekanligi keltirilgan.
Tuman hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan o‘rganilganida haqiqatdan ham fuqaroning nomiga 3 ta abonent raqam ochilganligi maʼlum bo‘ldi. MCHJ maʼsul xodimlari bilan birgalikda fuqaro nomiga ochilgan 3 ta abonent raqamdan 2 tasini o‘chirib tashlandi va yuzaga kelgan 190 000 so‘m qarzdorlik asossiz deb topilib, fuqaroning hisobidan chiqarildi.