• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-05-29

⚡️Iste’molchilar huquqlari – davlat himoyasida

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan samarali faoliyat natijasida fuqarolarning asosli murojaatlari ijobiy hal etilmoqda. Yaqinda Sherobod va Denov tumanlarida sodir bo‘lgan ikki holat bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

💡Asossiz 21 million so‘mlik qarzdorlik bartaraf etildi

Sherobod tumanida yashovchi "Boybuloq" MFY fuqarosi M.A tomonidan tuman jamiyatiga yuborilgan murojaatda, u 2023-yildan buyon elektr hisoblagich uskunasidan foydalanmagan bo‘lsa-da, 21 000 000 so‘m miqdorida elektr energiyasi bo‘yicha asossiz qarzdorlik undirilmoqchi bo‘layotganidan shikoyat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatchi ishtirokida tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan birgalikda holatni atroflicha o‘rgandi. O‘rganish natijasida, fuqaroning asl qarzdorligi atigi 453 ming so‘mni tashkil etishi aniqlanib, "HET Billing" tizimida noto‘g‘ri hisoblangan 20 447 000 so‘mlik noreal qarzdorlik tizimdan olib tashlandi.

👕Denovda xaridor haqi tiklandi

Joriy yilning may oyida Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan “Surxon” mahallasida yashovchi fuqaro Ch.N Unvermag savdo majmuasidagi do‘konlardan birida qizi va turmush o‘rtog‘i uchun 4 400 000 so‘mlik kiyim-kechak xarid qilgan. Uyga borgach, kiyimlarning razmeri mos kelmaganligi va rangi yoqmaganligi sababli xaridni almashtirish yoki pulni qaytarish so‘rovi bilan sotuvchiga murojaat qiladi. Ammo do‘kon sotuvchisi xaridor talabini rad etgan.
Murojaatchining arizasidan so‘ng, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan vaziyat qonuniy tartibda o‘rganilib, sotuvchiga iste’molchi huquqlari haqida tushuntirish berildi. Natijada, fuqaroga 4 400 000 so‘m puli to‘liq qaytarib berildi.