Qumqo‘rg‘on tuman «Azlarsoy» mahallasida yashovchi fuqaro M.X tuman hududiy birlashmasiga murojaat qiladi.
Murojaatda keltirilishicha, fuqaro “Shukrona” maishiy-texnika savdo do‘konidan “Galaksi A05” rusumli telefonni 6 oyga muddatli to‘lov shartnomasi asosida 2 142 000 so‘mga xarid qiladi. Telefonni uyiga olib kelib foydalana boshlaganda unda nosozlik borligi maʼlum bo‘ladi. Ushbu nosozlik haqida do‘kon sotuvchilariga xabar berilganda turli xil bahonalarni ro‘kach qilishadi va isteʼmolchiga hech qanday yordam ko‘rsatilmaydi.
Holat yuzasidan hududiy birlashma mutaxassislari o‘rganish ishlarini olib bordi hamda amaldagi qonun normalari tushuntirildi. Shuningdek isteʼmolchi xarid qilgan telefon “SAMSUNG servis xizmati” xodimlari tomonidan bepul tuzatib berildi.