• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-06-12

⚡️Sariosiyo va Oltinsoyda iste’molchilar huquqlari targ‘ib qilindi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Oltinsoy tumanlarida “Siz iste’molchi sifatida o‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

✅ Sariosiyo tumanidagi 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan davra suhbatida tuman jamiyati mutaxassisi U. Valiyeva ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlari va ularni himoya qilish usullari haqida ma’lumot berdi. Savol-javoblar asosida fikr almashildi.

✅ Xuddi shunday tadbir Oltinsoy tumanidagi 3-sonli MTTda ham tashkil etildi. Unda tuman jamiyati raisi D. Qo‘shoqova huquqiy savodxonlikni oshirish, mavjud qonunchilik asoslari va iste’mol madaniyatini yuksaltirish yuzasidan ma’ruza qildi. Tadbirlar aholining huquqiy bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.