• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-12

Go‘sht qiymalagich sifatlisiga almashtirib berildi

Joriy yilning 11-iyul kuni Angor tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Jarqo‘rg‘on tumani “Obihayot” MFYisida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushgan.

Murojaatda keltirilishicha, fuqaro shu yilning 5 iyulida Angor tumani tijorat bozoridagi 17/5-sonli maishiy texnika do‘konidan narxi 1.500.000 so‘m bo‘lgan go‘sht qiymalagich xarid qiladi. Qiymalagichni uyga olib borib 3 kun davomida sinab ko‘radi va undan foydalanish jarayonida bir qancha nuqsonlar kelib chiqadi. Ushbu holat haqida do‘kon sotuvchisiga xabar beradi ammo sotuvchisi texnikadan noto‘g‘ri foydalanilganligini ro‘kach qilib almashtirib berishdan bosh tortadi.

Ushbu holat tuman mutaxasisslari tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada isteʼmolchi xarid qilgan go‘sht qiymalagich sifatlisiga almashtirib berildi.