• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-06-20

Qiziriq va Bandixon tumanlaridagi shifoxonalar faoliyati jamoatchilik kuzatuvi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruxi tomonidan Qiziriq va Bandixon tuman tibbiyot birlashmalarida jamoatchilik kuzatuv-monitoringi o‘tkazildi.

Tashkil etilgan kuzatuv doirasida ishchi guruh a’zolari shifoxonalar faoliyati, bemorlarga yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan bevosita tanishishdi. Xususan, dorilarning yaroqlilik muddati, saqlanish sharoitlari, muassasalardagi sanitariya gigiyena holati va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Monitoring davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar ishchi guruh tomonidan qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. 

Shu bilan birga, monitoring ishlari faqat markaziy shifoxonalar bilan cheklanmay, tumanlardagi QVP (qishloq vrachlik punktlari)larda ham o‘tkazildi. Bu esa joylardagi tibbiy xizmatlar holatini har tomonlama o‘rganishga imkon yaratdi.