• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-02-18

Nosoz kir mashinasi uchun to‘langan pul mablag‘i qaytarib berildi

Boysun tumani “Hunarmandlar” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.R tuman markazidagi “Istiqlol” ko‘chasida joylashgan maishiy-texnika do‘konidan qiymati 5 700 000 so‘m bo‘lgan kir yuvish mashinasini harid qiladi. 

Mashinani uyiga olib kelib foydalanib boshlaganida unda nosozlik borligi aniqlanadi shunda, do‘kon xodimlariga buni aytadi, xodimlar esa ushbu nosozlikni tuzatib berishadi, ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay mashina yana buziladi. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi xodimlardan mashina uchun to‘lagan pulni qaytarib berishini yohud boshqa kir yuvish mashinasiga almashtirib berishini talab qiladi. Xodimlar esa turli xil bahonalar qilib ushbu talabdan bosh tortishadi.

Holatni o‘rganib chiqan tuman jamiyati xodimlari tomonlarga qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi va nosoz kir yuvish uchun to‘langan pul mablag‘i iste’molchiga qaytarib beriladi.