• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-07-01

⚡️Iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida davra suhbati tashkil etildi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholining iste’mol madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 4-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan murojaatlar tahlili asosida iste’molchilar duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.