Denov tumani 19-maktabgacha taʼlim tashkilotida isteʼmolchilar savodxonligini oshirish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida inson manfaatlari qonun himoyasida ekanligi taʼkidlanib federatsiya isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohalaridan kelib tushayotgan murojaat va shikoyatlarning ijobiy yechim topishi, yaʼni isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatib kelinayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, isteʼmolchi sifatida huquqi buzilgan fuqarolar tuman jamiyat birlashmalariga yoki 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari aytib o‘tildi hamda doimiy ravishda haq huquqlari himoya qilinishini istagan ishtirokchilar aʼzolikka qabul qilindi.