Iste’molchilar savodxonligini oshirish maqsadida joylarda targ‘ibot ishlari davom etmoqda. Xuddi shunday tadbirladan biri 2024-yilning 30-iyulida Surxondayo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tashkiloti hamda Sariosiyo tumani 9-MTTda tuman hududiy birlashma raislari boshchiligida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda iste’molchilarning huquqlari, mahsulot sotib olayotganda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan xususiyatlar, shuningdek, amaldagi qonunda keltirilgan normalar haqida batafsil tushuntirilib, iste’molchi sifatida huquqi buzilgan taqdirda tumandagi hududiy birlashmaga yoki 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari aytib o‘tildi.
Yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.