Sariosiyo tuman “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida yashovchi fuqaro S.K nomiga BIO TEX EKO MCHJsi xodimlari xonadonida istiqomat qiluvchi 8 nafar fuqaro uchun 596 000 so‘m bo‘lgan noreal qarzdorlik hisoblagan. Ammo fuqaro yolg‘iz uzi istiqomat qilishini aytib ushbu ko‘rsatmani rad etadi va hisoblangan summani to‘lamasligini aytadi. MCHJ xodimlari esa fuqaroning ko‘rsatmasini eʼtiborga olmaydi.
Ushbu holatni tuman jamiyati xodimlari o‘rganib chiqishdi va tomonlarga amaldagi qonun normalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi. Natijada fuqaroni haqiqatdan ham yolg‘iz istiqomat qilishi maʼlum bo‘ldi hamda nomiga hisoblangan summadan 590 000 so‘m qarzdorlik miqdori olib tashlandi.