• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-07

Narxi 11 000 000 so‘m bo‘lgan mebel jihozlari o‘z egasiga to‘laligicha topshirildi

Boysun tuman «Toqchi» mahallasida yashovchi fuqaro m.K tumanda joylashgan xususiy mebellar sotiladigan do‘kondan narxi 11 000 000 so‘m bo‘lgan xonadon mebeli sotib oladi.

Mebelni uyiga olib kelib xonadoniga o‘rnata boshlaganida mebel jihozlari ro‘yxatida ko‘rsatilganidek to‘liq emasligi maʼlum bo‘ladi. Shunda isteʼmolchi bu haqida do‘kon sotuvchisiga xabar beradi. Ammo sotuvchi mebel jihozlarini to‘liq berganligini ro‘kach qiladi.

Ushbu holat tuman hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun normalari tushuntirildi. Natijada isteʼmolchi xarid qilgan mebelning jihozlari to‘laligicha o‘z egasiga topshirildi.