• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-06

Sifatsiz telefon sifatlisiga almashtirib berildi

Uzun tuman “Nurafshon” mahallasi yashovchi fuqaro X.T Denov tumanida joylashgan “Ishonch” maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 6 863 412 so‘m bo‘lgan “VIVO” rusumli telefonni mudatli to‘lov asosida xarid qiladi.

Telefon uyiga olib borib ishlatishni boshlaganida unda nuqsonlar borligi aniqlanadi, shunda fuqaro telefonni do‘konga qaytarib olib boradi. Ammo do‘kon xodimlari mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortadi.

Ushbu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro Denov tumani IHHQ jamiyatiga murojaat qiladi. Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun normalari tushuntirildi. Natijada isteʼmolchiga xarid qilgan telefon sifatlisiga almashtirib berildi.