• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-04

FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL QILINDI

Fuqaro X. G. Аmir-Xolding savdo majmuasidan Samsung rusumli telefonni 1 400 000 ming so’mga xarid qilgan lekin farzandi va o’zining sog’ligi yomonlashganligi sababli do’kon sotuvchisiga pulini qaytarib berishligini so’raganda rad javobini bergan.
Shundan so’ng fuqaro  Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.
Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari  ishtirokida joyida o’rganish o’tkazilganda telefonda hech qanday nuqson yo’qligi uning iste`mol xususiyatlari to`liq saqlanganligi  va fuqoroning o’zini va farzandini sog’ligi yomonlashganligini inobatga olgan holda davolanish zarurligi sotuvchiga tushuntirilib, 1 400 000 ming so’m pul mablag`i qaytarib olib berildi.