Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining iste’mol madaniyatini yuksaltirish va jamiyatga a’zolikni targ‘ib qilish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni jamiyat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish ishlari amalga oshirildi. Uchrashuv yakunida korxona xodimlari jamiyat a’zoligiga qabul qilindi.
Shu bilan birga, Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 6-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirishga doir muhim mavzular muhokama qilindi.
Davra suhbatlarida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati, shuningdek, aholining murojaatlari asosida olib borilayotgan ishlar haqida keng tushunchalar berildi. Tadbir ishtirokchilariga o‘z huquqlarini bilish va himoya qilishning samarali usullari haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Shuningdek, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan fuqarolar “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki tegishli tuman jamiyatiga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlandi.