• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-26

Narxi 7 000 000 so‘m bo‘lgan muzlatgichning pulli o‘z egasiga qaytarib berildi

Sariosiyo tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Sariosiyo tuman «S.Sherozi» mahallasida yashovchi fuqaro R.Z tuman markazida joylashgan «Z.E.Q» maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 7 000 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich sotib olgan.

Muzlatgichni uyiga olib kelib foydalana boshlagan ammo, oradan 2 kun o‘tgach muzlatgichda nuqsonlar kelib chiqa boshlagan. Fuqaro muzlatgichni nuqsoni borligini do‘kon sotuvchisiga aytib to‘lagan pulini qaytarib berishlarini talab qilgan. Ammo sotuvchi turli xil bahonalar bilan fuqaroni talabini rad etgan.

Tuman jamiyati xodimlari ushbu holatni o‘rganib chiqdi va tomonlarga amaldagi qonun normalari haqida kerakli tushunchalar berishdi va isteʼmolchiga muzlatgich uchun to‘lagan pullari qaytarib berildi.