• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-08

Ikki yil oldin g‘isht uchun to‘langan pul mablag‘i qaytarib berildi

Sherobod  tumani "Qizilolma" mahallasida yashovchi fuqaro Shukurov Ixtiyor 2 yil avval qurilish materiallari do‘konidan beton g'isht(shlakablok) sotib olish uchun 3 000 000 so‘m  to‘lov qiladi ammo, o‘zaro kelishuviga asosan tadbirkor tomonidan g‘ishtlar o'z vaqtida yetkazib berilmaydi. 

Shundan so‘ng fuqaro gishtlar uchun to‘langan pulni qaytarib berishini 2 yil davomida talab qilib keladi, lekin tadbirkor turli xil bahona bilan pul mablag'ini qaytarishni xohlamaydi.

Bu halotdan norozi bo’lgan iste’molchining murojaati hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan o'rganib chiqildi hamda tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Murojaatchining g‘isht uchun to‘langan 3 000 000 so‘m pul mablag‘i esa qaytarib berildi.