Uzun tumani «Yangi shahar» mahallasida yashovchi fuqaro M.Z tumanda joylashgan “Texno Universal Xizmat” maishiy texnika savdo do‘konidan 9 000 000 so‘mga televizor, telefon hamda ariston texnikalarini muddatli to‘lovga shartnoma asosida xarid qilgan.
Ularni uyiga olib kelib foydalanishni boshlaganida ularda nosozliklar borligi maʼlum bo‘lgan. Shunda fuqaro do‘kon xodimlariga texnikalardagi nosozliklar haqida aytib shartnomani bekor qilishni talab qilgan. Ammo do‘kon xodimlari ushbu talabni turli xil bahonalar bilan rad qilgan.
Holat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va amaldagi qonun normalari haqida tushunchalar berildi. Natijada isteʼmolchi va do‘kon o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi.