• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-08-27

Sho‘rchi tumani tijorat bozori va savdo komplekslarida monitoring tadbiri o‘tkazildi

Mahsulotlarning saqlanish sharoiti va muddati isteʼmol uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Ichki bozorlar va savdo komplekslarida turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan har xil mahsulotlar isteʼmolchilarga realizatsiya qilinadi. Mahsulotlarning sifatini va ishlab chiqarish parametrlariga, hamda sotilish sharoitlari talab darajasiga javob bera olishini monitoring qilish maqsadida Sho‘rchi tuman jamiyati xodimlari tomonidan amaliy ishlar olib borildi.

Xususan, tumandagi tijorat bozorlari va savdo komplekslarini monitoringi jarayonida mahsulotlarning saqlanish sharoiti va muddati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek do‘kon sotuvchilari va xodimlari bilan muloqotlar o‘tkazib, isteʼmolga yaroqsiz, qo‘lbola, kontrafakt mahsulotlar sotilmaslik kerakligi haqida tegishli tushuncha va tavsiyalar berildi.