• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-04

Bir yil oldin xarid qilingan telefon bepul taʼmirlab berildi

Qumqo‘rg‘on tuman “Umid Nihollari” mahallasida yashovchi fuqaro m.A tumandagi M.Sh YATTsiga qarashli maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 1 250 000 so‘m bo‘lgan “Redmi 125” rusumli telefonni 2023 yil iyun oyida sotib oladi.

Ammo telefonni uyiga olib kelganida ishlamay qoladi bir necha kundan keyin do‘konga olib borib ishlamayotganini aytib to‘lov pulini qaytarib berishlarini talab qiladi. Lekin do‘kon egasi ushbu talabni har xil bahonalarni ro‘kach qilib, eʼtiborsiz qoldirib kelgan.

Ushbu holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va amaldagi qonun normalari tushuntirildi hamda isteʼmolchi sotuvchi bilan o‘zaro kelishgan holda xarid qilgan telefon servis xodimlari tomonidan bepul taʼmirlab berildi.