• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-04-07

Biz har sohada iste’molchimiz

Termiz shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan Termiz “Neftibaza” unitar korxonasida “Biz har sohada iste’molchimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo’lib o‘tdi.

Unda inson qadrining yuksalishida mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar, amaldagi “Iste’molchilarning  huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun va iste’molchining huquqlari va vazifalari, qolaversa tovar xaridida va xizmatlardan foydalanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida batafsil ma`lumot berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va  o‘z ixtiyorlariga ko‘ra a’zolikka qabul qilindi.