Qiziriq tumani “Yangi turmush” MFYsida yashovchi fuqaro A.Edan Qiziriq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.
Murojaatga ko‘ra, isteʼmolchi elektr energiyasi uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lab kelgan bo‘lsada, unga nisbatan 1 350 000 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan hamda elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan.
Ushbu holatni tuman jamiyati mutaxassislari o‘rganib chiqdi va tomonlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada isteʼmolchi hisoblangan ortiqcha qarzdorlik bartaraf etildi va xonadoni elektr tarmog‘iga ulab berildi.