Boysun tuman "Ariq-Usti" mahallasida yashovchi fuqaro X.D tumanda joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 4 800 000 so‘m bo‘lgan kir yuvish mashinasini xarid qilgan.
Mashinani xonadoniga o‘rnatib foydalana boshlaganda hali garov muddati tugamasidanoq nosozliklar kelib chiqa boshlaydi. Ushbu nuqsonlar haqida do‘kon sotuvchisiga aytadi va almashtirib berishini talab qiladi. Sotuvchi esa turli xil bahonalar bilan ushbu talabni rad etadi.
Holat yuzasidan hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar olib borlib, amaldagi qonun bo‘yicha tushunchalar berildi va iste’molchi xarid qilgan kir yuvish mashinasi sifatlisiga almashtirib berildi.