• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-10

Sifatsiz video-registrator yangisiga almashtirildi

Muzrabot tuman “Obod Turmush” MFYsida yashovchi fuqaro A.J O‘zbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091-qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaatda keltirilishicha isteʼmolchi joriy yilning 14 iyun kuni Angor tuman “Sharq Guli” MFYsida joylashgan Avto Ehtiyot Qismlar” savdo do‘konidan o‘z mashinasi uchun 530.000 so‘m evaziga video-registrator moslamasini 1 yillik kafolat bilan xarid qilgan. Oradan vaqt o‘tib avgust oylarida video-registrartorda nuqsonlar kelib chiqa boshlagan. Bu nosozliklar haqida do‘kon sotuvchilariga aytib almashtirib berishlarini so‘ragan. Ammo do‘kon xodimlari har hil bahonalar bilan video-registratorni almashtirib berishdan bosh tortishgan.

Ushbu holat bo‘yicha Angor tumani jamiyati mutaxassislari “Avto Ehtiyot Qismlar” savdo do‘koni xodimalari bilan uchrashib tegishli tartibda tushuntirish olib borishdi. Shundan so‘ng nuqsonli video-registrator sifatlisiga almashtirib berildi.