• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-13

🔰 “Isteʼmolchi madaniyati” targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi

Qumqo‘rg‘on hamda Sho‘rchi tumanlarida joylashgan MTTlarda tuman mutaxassisilari tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. “Isteʼmolchi madaniyati” mavzusida tashkil etilgan tadbirda tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida amaldagi “O‘zbekiston Respublikasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun normalari, hamda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi va mahsulot xarid qilishda qanday omillarga ahamiyat berish kerakligi tushuntirib o‘tildi. Shu bilan birgalikda isteʼmolchi sifatidada huquqi buzilgan hollarda 1091-qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki tuman jamiyati mutaxassislariga murojaat qilishlari taʼkidlandi.