Bugun Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasida viloyat hududiy birlashmasi mutaxassislari boshchiligida “Iste’molchilar huquqi qonun himoyasida” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida inson manfaatlari qonun himoyasida ekanligi ta`kidlanib federatsiya iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida savdo va umumiy ovqatlanish, tibbiy xizmat, uy-joy kommunal xizmatlari, aloqa va kommunikatsiya, transport va xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda iste’molchilardan kelib tushayotgan ariza, murojaat va shikoyatlarning ijobiy yechim topishi, ya’ni iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatib kelinayotganligiga alohida to`xtalib o`tildi. Shuningdek iste’molchi sifatida huquqi buzilgan fuqarolar federatsiyaning 1091-qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi hamda o`zining iste`molchi sifatidagi huquqlari doimiy ravishda himoya qilinishi istagida bo`lgan fuqarolar a`zolikka qabul qilindi.