• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-16

Salkam 11 million so‘mlik nosoz muzlatgich sifatlisiga almashtirildi

Joriy ylining iyun oyida Denov tumani “Quyoshli” MFYsida yashovchi fuqaro M.S Denov shahar Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan «IDEA» nomli maishiy-texnika do‘kondan narxi 10 800 000 so‘m bo‘lgan «Beko» rusumli muzlatgich xarid qiladi. Muzlatgichni uyiga olib borib, 5 kun ichida foydalana boshlaganda unda nuqsonlar kelib chiqadi.

Shunda fuqaro muzlatgichni do‘konga olib boradi va nuqsonlar haqida aytib, almashtirib berishini talab qiladi ammo, sotuvchi har xil bahonalar bilan almashtirib berishdan bosh tortadi.

Holat hududiy boshqarma masʼullari tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilikka talablari haqida tushunchalar berildi va isteʼmolchi xarid qilgan muzlatgich sifatlisiga almashtirildi.