• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-01-26

Bugun Surxondaryo viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi U.Qosimov hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 124-sonli Farmonida belgilangan masalalar yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.  Surxondaryo viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi. Viloyat hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Uchrashuv so`ngida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov iste’molchilar huquqlarini himoya qilish harakatini har tomonlama rivojlantirish, aholining iste’mol madaniyati va huquqiy himoyalanish darajasi oshirilishida federatsiya bilan doimiy hamkorlik uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirdi.