• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-10-24

Dorixonalar faoliyati bo‘yicha jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etmoqda

Oltinsoy Sariosiyo va Uzun tumanlar jamiyatlari mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan dorixonalarda va xususiy tibbiy klinikalarda jamoatchilik nazorati monitoring amalga oshirilmoqda.  

Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  185-sonli qarori dori-darmon chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektlarda ijro holati ko‘zdan kechirilib, sifatsiz dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar hamda yaroqlilik muddati tugagan tibbiy vositalar savdosiga chek qo‘yish etib belgilandi va aholini sog‘ligini saqlashda foydalanilayotgan dori- darmon, tibbiy vositalar va xizmatlarni sifat darajasini, qolaversa muddati o‘tgan va yaroqsiz dori-darmonlarni, tibbiy vositalarning savdosiga chek qo‘yilishi, sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodim va isteʼmolchilar o‘rtasida o‘zaro savdo munosabatlarini qonuniy tashkil etishdagi holatlar ko‘zdan kechirilmoqda.

Monitoring jarayonida uchragan kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda tushuntirish ishlari va ko‘rsatmalar berilmoqda.