• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-09-27

Narxi 4 300 000 so‘m bo‘lgan gilamlar almashtirib berildi

Termiz shahar «Jo‘yjangal» MFYsida yashovchi fuqaro E.F xonadoniga to‘y munosabati bilan Angor tuman tijorat bozoridagi 104-sonli gilamlar savdo do‘konidan xonadoni uchun narxi 4 300 000 so‘m bo‘lgan gilamlar xarid qilgan.

Gilamlarni xonadoniga olib kelgan va ularni xonalarga to‘shab ko‘rganda ularning baʼzilarining o‘lchami xonalarga to‘g‘ri kelmagan. Shundan so‘ng fuqaro  do‘kon sotuvchisi gilam o‘lchamlari to‘g‘ri kelmaganligini aytib almashtirib berishini talab qilgan ammo sotuvchi turli xil bahonalarni ro‘kach qilib fuqaro talabini rad qilgan.

Ushbu holatni Angor tuman jamiyati xodimlari o‘rganib chiqdi va tomonlarga amaldagi qonun normalari haqida tushuntirish ishlarini olib bordi. Shundan so‘ng gilamlar o‘lchamlari to‘g‘ri keladiganiga almashtirildi.