• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-18

Quyosh panellari sifatlisiga almashtirildi va elektor manbaiga ulab berildi

2023-yil avgust oyida Oltinsoy tumani “Bo‘ston” mahallasida yashovchi fuqaro D.Q tumandagi «Agro xizmat» MCHJ bilan xonadoniga quyosh panellari o‘rnatish maqsadida shartnoma tuzadi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni kredit orqali amalga oshiradi biroq, «Agro xizmat» MCHJ xodimlari tomonidan quyosh panellarini 9 oydirki elektor manbaiga ulab bermaydi.  

Shu sabab fuqaro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga «Agro xizmat» MCHJ tomonidan 9 oy davomida ishlatib berilmagan sifatsiz quyosh panellarini qaytarilishida va panellarni o‘rnatish uchun o‘tkazilgan 20 000 000 so‘m kredit mablag‘ini qaytarib undirib olinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qiladi.

Ushbu holat boshqarma mas’ullari tomonidan o‘rganilib amaldagi qonunchilik bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Natijada iste’molchi harid qilgan quyosh panellari sifatlisiga almashtirilib, uning ustiga panellarni elektor manbaiga ulab, foydalanishga topshirildi.