• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-30

“Iste’molchi – kim?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Iste'molchi — doim haq. Bu iborani so'zda avvaldan ko'p bor takrorlaymiz. Ammo uning amaldagi ifodasi so'nggi yillardagina ko'zga tashlana boshladi. Bugun mamlakatimizda har bir iste'molchi huquqi chin ma'noda qonun himoyasida. Ayni shu maqsadda hududiy birlashma raislari joylarda doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib borib kelishmoqda.

Ana shunday targ‘ibot ishlaridan biri joriy yilning 29-iyulida Muzrabot tumani hududiy birlashma raisi M.Murodov tomonidan tumandagi 9- va 15- umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Unda maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etishdi. Tadbirda iste’molchilar kimligi ularning huquqlari, mahsulot sotib olayotgan nimalarga e’tibor berishlari, shuningdek, amaldagi qonunda keltirilgan normalar haqida batafsil tushuntirib, iste’molchi sifatida huquqi buzilgan taqdirda tumandagi hududiy birlashmaga yoki 1091- qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishlari aytib o‘tildi. Yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Qolaversa maktablar atrofida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarining ishlash vaqti, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish tartibi, to‘lovni amalga oshirish turlari, shu bilan bir qatorda, mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.