• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-02-19

Narxi 4 200 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich sifatlisiga almashtirib berildi

2024-yil 20-iyul kuni Qiziriq tuman “Takiya” MFYsida yashovchi fuqaro Ch.S Angor tuman tijorat bozori hududidagi 217-sonli maishiy-texnikalar do'konidan narxi 4.200.000 so'm bo‘lgan "Indesit" rusumli muzlatgichni xarid qiladi.

Uyingizga olib borib foydalanib boshlaganda oradan vaqt o'tib muzlatgichda nosozlik kelib chiqadi. Ushbu nosozlik haqida do‘kon xodimlariga xabar beradi va almashtirib berishlarini talab qiladi. Ammo do‘kon xodimlari almashtirib berishdan bosh tortadi.

Ushbu holat yuzasidan tuman hududiy birlashma a’zolari o‘rganish ishlarini olib borishdi va tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushunchalar berishdi. Iste’molchi xarid qilgan muzlatgich esa sifatlisiga almashtirib berildi.