Denov tumani jamiyatiga tumandagi Ibn-Sino mahallasida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushadi.
Murojaatda keltirilishicha, fuqaro joriy yilning 2-fevralida Denov shahrida joylashgan xususiy klinikasiga qarashli dorixonadan dori vositalarini xarid qilgan. Ammo dori vositalarini uyiga olib kelib qaraganda shifokor retsepti asosida yozilgan dorilarning ichida narxi 1 300 000 so‘m bo‘lgan “Albumin” nomli dori vositasi yo‘qligini ko‘rib dorixonaga qaytib boradi. Dorixona xodimlari u so‘ragan dori yo‘qligini va o‘rniga boshqa dori berganini aytishadi. Iste’molchi so‘ragan dori vositasi bo‘lmasa o‘rniga berilgan dori vostasini olib, to‘lagan pulini qaytarib berishini talab qiladi. Ammo dorixona xodimlari ushbu talabga har xil bahonalarni ro‘kaj qilib pulni qaytarishdan bosh tortadi.
Holatni o‘rganib chiqan tuman mutaxassislari tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi va “Albumin” dori vositasi uchun to‘langan 1 300 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchiga qaytarib berildi.