• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-11

Termiz shahridagi savdo majmualarida monitoring tadbirlari tashkil etildi

O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ustaviga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt hamda isteʼmolga yaroqsiz tovarlarning ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi holatlariga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, hududiy birlashma raisi o‘rinbosari – ijrochi direktori H. Jumayev boshchiligida Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi va viloyat teleradio kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ishchi guruh tomonidan Termiz shahridagi bir qancha oziq-ovqat savdo majmualari va bozorlari hududida jamoatchilik nazorati tartibida monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida savdo majmualardagi oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni muayyan haroratda saqlash uchun mo‘ljallangan texnik qurilmalari hamda isteʼmolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishib, kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, monitoring jarayonida do‘konlardagi kamchiliklar hamda savdo rastalarida turgan muddati o‘tgan yoxud yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanishi, bu isteʼmolchilar sog‘ligiga zarar yetkazishi va bu uchun tegishli javobgarlik borligi haqida tushunchalar berildi.