• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2024-07-10

Tilla ziraklar egasiga qaytarib berildi

Fuqaro Y.S. to‘yi munosabati bilan Sherabod tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan kelin ko‘ylaklari salonidan 3 000 000 so‘mga o‘zaro kelishgan holda ijaraga ko’ylak oladi va salon egasiga 5 000 000 so‘mlik tilla ziraklarini garov sifatida qoldiradi. Ammo to’y kuni yaqinlashganida ko‘ylakning qo‘shimcha detallari to‘liq bo‘lmaganligi sababli, boshqa salondan ijaraga ko‘ylak olishga qaror qiladi.

 

    Shundan so‘ng fuqaro salon sotuvchisidan garovga berilgan ziraklarini qayrtarib berishini bir necha bor talab qiladi. Sotuvchi esa ziraklarni qaytarib berishdan bosh tortadi.     

 

Ushbu holat tuman birlashma xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi hamda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari asosida tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchiga  5 000 000 so‘mlik  tillo ziraklari qaytarib olib berildi.