Bugungi zamonda biz qaysi sohada faoliyat olib borishimizdan qat’iy nazar iste’molchi bo‘lib hayot kechiramiz. Savdo nuqtalarida yoki xizmat ko‘rsatish sohalaridagi Tovar va xizmatlardan foydalanarkanmiz ba’zi-ba’zida noxush hodisalarning ishtirokchisiga aylanishimiz tabiiy. Ammo o‘z huquqlarimizni bilgan holda tegishli joylarga murojaat qilsak bunday masallar o‘z yechimini topishi hammamizni mamnun qiladi. Bu borada Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga kelib tushayotgan murojaatlarga yuzlansak:
Oltinsoy tumani “Obod turmush” mahallasida yashovchi fuqaro J.G Sho‘rchi tumani markazida joylashgan “Lady” nomli kelin liboslar do‘konidan “Nikoh to‘yi” marosimi uchun kelinlik liboslarini band qilish maqsadida qiymati 1 600 000 so‘m bo‘lgan tilla uzukni garov sifatida tashlab ketadi ammo ushbu liboslar oila a’zolariga yoqmaganligi sababli garovni bekor qilib tilla uzukni qaytarib berishni talab qilgan. Do‘kon xodimi esa bu talabni inobatga olmagan.
Shuningdek Sariosiyo tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro istiqomat qilayotgan hududida “Toza hudud” chiqindi mashinasi 1 yil mobaynida xizmat ko‘rsatmaganligi shunday bo‘lsada 143 000 so‘m asosiz qarzdorlik hisoblanganligi, xuddi shu kabi murojaatlardan yana biri Bandixon tumani “Birdamlik” mahallasida yashovchi fuqaro “Qiziriq Invest” MCHJsi tomonidan asossiz hisoblangan 211 000 so‘m qarzdorlikdan norozi ekanligi ko‘rsatilgan.
Albatta tuman jamiyati xodimlari bu masalalarni atroflicha o‘rgangan holda tomonlarga amaliy qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi hamda garov sifatida berilgan tilla uzuk o‘z egasiga qaytarildi, shuningdek, asossiz hisoblangan qarzdorliklar ham bekor qilindi.