• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-02-25

Qiymati 1 300 000 so‘lik tilla buyum uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Angor tumani “Sharq Guli” mahallasida yashovchi fuqaro “Ishonch” savdo do‘konidan 3 oyga bo‘lib to‘lash uchun shartnoma asosida qiymati 1 300 000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoq uchun kulon harid  qiladi. Ammo tilla kulon taqinchoqqa to‘g‘ri kelmagani uchun do‘kon xodimlaridan almashtirib berishini talab qiladi. Do‘kon xodimlari ushbu talabni  turli xil bahonalar bilan rad etadi. 

Holatni tuman jamiyati xodimlari atroflicha o’rganib chiqib, tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi hamda do‘konda ushbu tilla taqinchoqqa to‘g‘ri keladigan kulon yo’qligi sababli tuzilgan shartnoma bekor qilindi.