• O'zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahar, At-Termiziy ko'chasi 2-uy

Yangiliklar

2025-01-26

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov va Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tuman hokimi A.Normamatov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 124-sonli Farmonida belgilangan masalalar yuzasidan  kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.  Tumanda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi. Tuman hokimi federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.