Aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini shakillantirish va iste’molchilar huquqini keng ko‘lamda tushuntirish maqsadida Denov tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida hamda Oltinsoy tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yuksak iste’mol ma’daniyati sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda ishtirokchilarga tumanlar jamiyatlari mutaxassislari tomonidan amaldagi qonun doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularning hal etilishi, shuningdek, harid qilishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi tushuntirildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va ixtiyoriy ravishda federatsiya a’zoligiga qabul qilinishi haqida kelishib olindi.