Jaro‘rg‘on tumani “Yoshlik" MFYsida yashovchi R.B joriy yilning 27-fevral kuni tumanagi tijorat bozori hududida joylashgan aviakassa shaxobchasidan 3 180 000 so‘m evaziga 11-mart kuniga “Toshkent-Yekaterinburg” yo‘nalishida avia-chipta sotib oladi.
Ammo fuqaroni belgilangan kundadagi reysni amalga oshirolmasligini ma’lum qilib aviakassa shahobchasidan 6-mart kuni avia-chipta uchun to’lagan pulini qaytarib berishlarini talab qiladi. Aviakassa xodimlari esa ushbu talabni turli xil bahonalar bilan rad etadi.
Jaro‘rg‘on tuman jamiyati xodimlari ushbu holatni atroflicha o‘rganib tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi hamda iste’molchi talabiga binoan avia-chipta pullari o‘z egasiga to‘laligicha qaytarib berildi.